AsosiyJamiyat

Samarqandda YPX inspektorining ustiga mashina haydagan fuqaroga sud hukm o‘qidi

Fuqaroning ozodligi 3 yilga cheklandi.

'Samarqandda YPX inspektorining ustiga mashina haydagan fuqaroga sud hukm o‘qidi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, holat 31 yanvar kuni shaharning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. YPX inspektori davlat raqami bo‘lmagan Onix avtomashina haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi uning talabiga bo‘ysunmay mashinani xodimning ustiga haydagan, uni kapot ustida bir muddat sudragan va jarohat yetkazib qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahri sudida ayblanuvchi o‘sha kuni otasi mast holatda onasiga kuch ishlatayotgani haqidagi xabarni eshitgandan so‘ng uyga shoshganini bildirgan va aybidan pushaymon bo‘lib, suddan yengillik berishini so‘ragan.

YPX inspektori esa sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini va unga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo berishni so‘ragan.

Sud haydovchini Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topdi va 3 yil muddatga ozodligini chekladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AOKAning nazorat funksiyalari inspeksiyaga o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:34

    AOKAning nazorat funksiyalari inspeksiyaga o‘tkazildi

    AOKA 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab Komil Allamjonov so‘ngra Asadjon Xo‘jayev rahbarlik qilgan.

    'Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan haydovchi qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 21:44

    Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan haydovchi qamaldi

    Sudlanuvchiga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    'Fuqarolarga uy qurib berishni va’da qilgan ta’sischi firibgarlik jinoyatida gumonlanib qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 20:22

    'O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 19:37

    O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

    15 iyuldan 5 avgustga qadar “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

    'Toshkentda yuzlab odamlar uyga to‘lov qilib, aldandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 18:04

    Toshkentda yuzlab odamlar uyga to‘lov qilib, aldandi

    Tekshiruvlar natijasida uy qurilishiga ruxsat berilmagani aniqlangan.