Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2004 yilda tug‘ilgan yigit 6,7 milliard so‘mlik (556 ming dollardan ortiq) kripto mablag‘larni P2P operatsiyalari orqali aylantirgani aniqlandi.
Tekshiruv chog‘ida uning smartfonidagi ilovalar va akkauntlar orqali noqonuniy kirim-chiqim operatsiyalari amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan.
Gumonlanuvchi HTX va Bitget platformalarida faoliyat yuritganini tan olib, bu ishlar noqonuniy ekanini bilmaganini aytgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov ishlari davom etmoqda.






