AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron yadro quroli bo‘yicha kelishuvga erishmasa, misli ko‘rilmagan bombardimonlarga duch kelishi muqarrarligin aytdi. Bu haqda u kecha, 30 mart kuni “NBC News”ga telefon orqali bergan intervyusida ma’lum qildi.
Nashrning yozishicha, Eron Qo‘shma Shtatlar bilan yadroviy qurol ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishmasa, misli ko‘rilmagan bombardimonlarga duch keladi. Oq uy rahbari Tehronga harbiy harakatlar bilan tahdid qilgan.
“Agar ular bitim tuzishmasa, bombardimon bo‘ladi. Bu ular hech qachon ko‘rmagan bombardimonlar bo‘ladi”, deya ogohlantirgan Oq uy rahbari.
O‘z navbatida, Eronning IRNA davlat agentligi Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning Trampning yaqinda yo‘llagan maktubiga javobi haqida xabar bergan. Uning ta’kidlashicha, Tehron Vashington bilan muloqotga ochiq, biroq vositachilar orqali.