1

Toshkentning 9 ta maydoniga Yangi yil archalari o`rnatiladi

Jamiyat 14.12.2016, 16:54
Teglar: Yangi yil
Toshkentning 9 ta maydoniga Yangi yil archalari o`rnatiladi

Toshkent shahrida Yangi yil bayramiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. 

Toshkent shahar hokimligi kirib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan  bayram archalari poytaxtning 9 ta maydonida o`rnatilishini ma`lum qiladi

Bayram ishtirokchilari, mehmonlar, ayniqsa bolajonlar, shuningdek transport harakati xavfsizligiga ustuvor o`rin bergan holda, bu bayramning “Bosh archa”si uchun yangi joy belgilandi. 

Bayramning birinchi raqamli archasi va bosh sahna “Anhor-Lokomotiv” bog`i (Labzak mavzesi)da bunyod etiladi. Hozirda mazkur maydonda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Shuningdek, avtotransport vositalarining kirib chiqishi va to`xtash joylari ham belgilanmoqda. Mazkur maydonga borish yo`llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlariga start berilgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib borishmoqda.

Bundan tashqari, archalar odatdagidek “Mustaqillik va Ezgulik” maydoni, Algoritm dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni, Yunusobod tumanidagi “Saylgoh” maydoni, Shayxontohur tumanidagi “Xadra” maydoni, Yashnobod tumanida  Markaziy ofiserlar uyi(sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon, Sergeli tumanidagi “Baxtdiyor guzari” maydoni, Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Lokomotiv” istirohat bog`i hamda Bektemir tumanidagi “Quyoshcha nuri” bog`i hududlarida o`rnatiladi.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1