Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi masjid hududida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Bosh vazir matbuot kotibining ma’lum qilishicha, farmoyish bilan Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan.