AsosiyJamiyat

Xorazmda 21 yoshli yigit benzin sisternasining ichidan chiqolmay vafot etdi

Fuqaro 2024 yildan buyon ushbu benzin quyish shoxobchasining sisternalarini 4 marta tozalab bergan.

'Xorazmda 21 yoshli yigit benzin sisternasining ichidan chiqolmay vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 27-mart kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida 2004-yilda tug‘ilgan yigit katta benzin sisternasining ichiga tushib, chiqolmasdan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Darakchi.uz”ga xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyatining Shovot tumani tibbiyot birlashmasi shifokori IIBga murojaat qilib, tumandagi “Shohobod 2022” MCHJ benzin quyish shoxobchasining sisternasi ichida 19-20 yoshlar atrofida bo‘lgan shaxs vafot etganligini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1999-yilda tug‘ilgan, ushbu benzin quyish shoxobchasida ishchi-operator bo‘lib ishlovchi fuqaro I.K. 27-mart kuni soat 13:30 larda tanishi Z.R.ning uyiga borib, benzin quyish shoxobchasidagi 10 tonnalik sisternaning ichini tozalash kerakligini, evaziga ish yakunlangandan so‘ng xizmat haqini berishini aytgan. 

So‘ng Z.R. vaqti yo‘qligini va farzandi M.O. bilan birgalikda sisternani ichini tozalashini aytgan. Fuqaro I.K. 2004-yilda tug‘ilgan M.O. bilan birgalikda soat 15:30 larda benzin quyish shoxobchaning sisternasini tozalashni boshlagan.

Ish davomida M.O. sisternaning ichiga narvon qo‘yib, qo‘lida belkurak bilan tushib tozalayotgan vaqtda sisterna ichidagi yoqilg‘i qoldiqlari hididan zaharlanib, hushidan ketgan.

Bu holatni I.K. ko‘rib, unga yordam berish uchun sisterna ichiga tushib, M.O.ni ko‘tarib chiqayotgan vaqtida o‘zi ham hushini yo‘qotishni boshlagan. Shu vaqtda I.K.ning ukasi O.O. kiyimidan ushlab tortib olgan, M.O. esa sisterna ichida hushsiz qolib ketib, vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Z.R. va farzandi M.O. 2024-yil davomida ushbu benzin quyish shoxobchasining sisternalarini 4 marta tozalab bergan va evaziga har biri uchun 100-150 ming so‘m olgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ertaga ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 06.04.2025 16:48

    Ertaga ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    7 aprel kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.04.2025 12:20

    Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam beriladi

    Bir million so‘m miqdorida beriladigan yordam puli bir martalik yordam hisoblanadi.

    'Kam ta’minlangan oilalarga gaz va "svet" bo‘yicha kompensatsiya beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.04.2025 10:40

    Kam ta’minlangan oilalarga gaz va "svet" bo‘yicha kompensatsiya beriladi

    Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi.

    'Namanganda Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.04.2025 07:43

    Namanganda Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

    Nexia-3 ni ikki soatga 220 ming so‘mga 9-sinf o‘quvchilari ijaraga olgan bo‘lgan.

    'Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.04.2025 05:20

    'Parkentdagi hayvonot bog‘ida sherlar hujumiga uchrab, vafot etgan qorovul ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat 06.04.2025 04:00