AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda yoqilg‘i-energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Prezident qarori asosida, tumanlarda ishchi guruhlar tuzilib, elektron platformalar yangilanmoqda.

'O‘zbekistonda yoqilg‘i-energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Respublikaning har bir tumani (shahri) kesimida energiya balansini ishlab chiqish, ularning ko‘rsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari tuziladi.

Qaror bilan tasdiqlangan tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhining namunaviy tarkibiga ko‘ra, tuman (shahar) prokurori tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhi rahbari qilib belgilangan.

Mazkur qarorga asosan:

  • - yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabiga yuklatadigan qo‘shimcha vazifalar;
  • - yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy shtablarning ustuvor vazifalari;
  • - tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining ustuvor vazifalari;
  • - hududiy shtablar hamda tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlangan.

Shuningdek, har bir tuman (shahar)da energiya resurslarini tejash va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Bosh prokuraturaning 208 nafar xodimlari mazkur qarorning ilovasiga tuman (shahar)larga biriktirilgan.

Bosh prokuratura va Energetika vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zenergoinspeksiya, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu sohada nazorat va monitoringni amalga oshirish imkonini beruvchi mavjud elektron platformalarni mazkur qaror bilan belgilanayotgan yangi talablardan kelib chiqib takomillashtirish yuklatilgan.

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari energiya tejamkorlik ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda ushbu platformalarda aks ettirib borish va ma’lumotlarning haqqoniyligiga mas’ul va shaxsiy javobgar etib belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.

    'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

    Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

    'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:09

    Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

    Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.

    'Poytaxt havosi iflosligi noyabr oxirigacha saqlanib qolishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 18:35

    Poytaxt havosi iflosligi noyabr oxirigacha saqlanib qolishi aytildi

    "O'zgidromet" yangi prognozlarni e'lon qildi.