AsosiyJamiyat

Fuqaro olinmagan pensiyalar pensionerning avlodiga meros qoldirilishini talab qildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan videomurojaatga Pensiya jamg‘armasi javob berdi.

'Fuqaro olinmagan pensiyalar pensionerning avlodiga meros qoldirilishini talab qildi'ning rasmi

Bugungi kunda ishlayotgan fuqarolarning ish haqidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirilmaydi hamda videomurojaatda qayd etilgan daromad soliqlari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirilmaydi, deyiladi rasmiy munosabatdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasida davlat pensiya ta’minoti tizimi “solidar”, ya’ni avlodlar birdamligiga asoslangan bo‘lib, bugungi kundagi ish beruvchilar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq hisobidan avvalgi ishlagan fuqarolar – pensionerlarga pensiya to‘lanadi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar fuqaro vafot etganda to‘xtatiladi hamda voyaga yetmagan farzandlari yoki mehnatga layoqatsiz turmush o‘rtog‘iga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi shaklida to‘lanishi mumkin. 

Ma’lumot uchun: Davlat pensiya ta’minoti tizimi mavjud barcha xorijiy davlatlarda pensiyalar fuqaro vafot etganda to‘xtatiladi hamda meros shaklida farzandlariga to‘lanmaydi.

    Boshqa yangiliklar