Sietl shahridagi "Lumen Field" stadionida kechgan bahsda hisobni misrliklar ochdi. Tug'ilgan kunini nishonlagan Muhammad Salohning aniq uzatmasidan keyin Mustafo Ashur 19-daqiqada darvozani ishg'ol qildi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limida Belgiya murabbiylar shtabi Romelu Lukakuni maydonga tushirdi. Tajribali hujumchi zaxiradan maydonga kirganidan atigi 22 soniya o'tib xavfli vaziyat yaratib, raqib himoyachisi Muhammad Haniyni avtogol urishga majbur qildi. Shu tariqa hisob tenglashdi va o'yin 1:1 natijasi bilan yakunlandi.
Shu bilan har ikki jamoa jahon chempionatini bir ochkodan qo'lga kiritish bilan boshladi.
G guruhining yana bir uchrashuvida Eron terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.
JCh–2026. G guruhi, 1-tur
Belgiya — Misr — 1:1
Gollar: Muhammad Haniy (66, avtogol) — Mustafo Ashur (19).






