AsosiyJamiyat

"Beshqo'rg'on" bozori yong'indan so'ng yopildi

Eslatib o‘tamiz, Darakchi.uz muxbiri aynan yong‘in sodir bo‘lgan hududga borib maxsus reportaj tayyorlagadi.

'"Beshqo'rg'on" bozori yong'indan so'ng yopildi'ning rasmi

Chilonzor tumanidagi "Beshqo‘rgon" bozori yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol buzilgani sabab vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi. Tekshiruvda yong‘in o‘chirish tizimi ishlamaganligi aniqlandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 5 aprel kuni bozorda sodir bo‘lgan yong‘in qariyb 2,5 soatda o‘chirilgan. Hodisada jabrlanganlar yo‘q, biroq katta hudud zarar ko‘rgan.

Tekshiruv davomida bozor va yoqilg‘i quyish shoxobchasida bir qator jiddiy kamchiliklar, jumladan nosoz yong‘in o‘chirish tizimi aniqlandi. Kamchiliklar bartaraf etilguncha majmua faoliyati to‘xtatildi.

    Boshqa yangiliklar