AsosiyJamiyat

Samarqandda 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib, 1 900 dollar pulini o‘marganlar ushlandi

Ular 3 kishi bo‘lgan.

'Samarqandda 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib, 1 900 dollar pulini o‘marganlar ushlandi'ning rasmi

Samarqand shahrida 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib, 1900 dollarini o‘g‘irlagan 23, 24 va 17 yoshli yigitlar ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro R.D. Samarqand shahar IIO FMB “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, o‘z arizasida 29 mart kunidan 30 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar yashash xonadoniga kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, uyidan 1 900 dollar miqdoridagi pullarini olib ketganini ma’lum qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida 2 nafar 23 yoshli shaxslar jinoyatga aloqador ekani aniqlangan. Bundan tashqari mazkur jinoyatda yana 24 yoshli fuqaro X.S. va 17 yoshli voyaga yetmagan A.F. lar ham bo‘lgani aniqlanib, barcha gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 21:21

    'O'zbekiston aholisining 35 foizini bolalar tashkil etadi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 19:13

    O'zbekiston aholisining 35 foizini bolalar tashkil etadi

    Shavkat Mirziyoyev “2026–2030 yillarda Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tarixiy Farmonni imzoladi.

    'Andijonda Instagram'da YPH xodimlarini haqorat qilgan erkak qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 18:55

    Andijonda Instagram'da YPH xodimlarini haqorat qilgan erkak qamaldi

    Erkak yo'l-patrul xizmati xodimlariga nisbatan haqoratli so'zlar yozib qoldirgan.

    'Yoʻl kameralaridagi maʼlumotlar ochiq emas — IIV rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 18:25

    Yoʻl kameralaridagi maʼlumotlar ochiq emas — IIV rasmiy munosabat bildirdi

    Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон йўлларида ўрнатилган фото-видео қайд этиш камераларидан олинган маълумотлар интернетда очиқ қолгани ҳақидаги хабарларни рад этди.

    'O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 16:46

    O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Jizzaxda Damas’dan qariyb 50 ming dona pirotexnika vositası aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2025 16:33

    Jizzaxda Damas’dan qariyb 50 ming dona pirotexnika vositası aniqlandi

    Jizzax shahrida o‘tkazilgan reyd davomida Damas avtomobilida yirik miqdorda noqonuniy pirotexnika vositalari olib ketilayotgani fosh etildi.