AsosiyJamiyat

Bugun ham ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Harorat 21-26° bo‘ladi.

'Bugun ham ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidrometning bergan xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24°  bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda  vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda  kuchli   bo‘lishi mumkin.  Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18°  bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar