AsosiyJamiyat

Namanganda Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Nexia-3 ni ikki soatga 220 ming so‘mga 9-sinf o‘quvchilari ijaraga olgan bo‘lgan.

'Namanganda Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 2 aprel kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakat xavfsizgi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 aprel kuni soat 17:10 lar atrofida Porloq mahallasi Islom Karimov ko‘chasida Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasdan turib, Nexia-3 rusumli avtomobilini boshqargan, harakat xavfsizligini ta’imlay olmasdan yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan SHACMAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

Bildirilishicha, oqibatda Nexia-3 haydovchisi va old o‘rindaqdagi sinfdoshi og‘ir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, 11-sinf o‘quvchisi avtomobilni 9-sinf o‘quvchilariga 2 soatga, 220 ming so‘m evaziga ijaraga bergan. 

    Boshqa yangiliklar