AsosiyJamiyat

Ertaga ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

7 aprel kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Ertaga ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

Ertaga qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

O‘zgidromet ertaga, 7 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja ili bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja  bo‘ladi. 

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja  bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja  bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja  bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va farzandini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:39

    Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va farzandini pichoqlab o‘ldirdi

    Shirin shahrida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida bir ayol va uning 5 yoshli qizi halok bo‘ldi, yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

    'Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:55

    Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi

    Poytaxtda harakatlanayotgan avtomashina ustiga chiqib raqsga tushgan bir guruh o‘smirlar bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

    'Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi

    2026 yilning 17–22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13) bo‘lib o‘tadi.

    '“Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    “Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan rad etildi.

    'Kuchli ta'sir qiluvchi dori savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:11

    Kuchli ta'sir qiluvchi dori savdosi fosh etildi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir necha shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    'Ukraina Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni talab qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:26

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni talab qilmoqda

    Kievning Yevropa Ittifoqiga shoshilinch qo‘shilish borasidagi talablari Bryussel bilan munosabatlarda taranglikka sabab bo‘lmoqda.