AsosiyJamiyat

“Imom Moturidiy” ziyoratgohini kengaytirish maqsadida 217 ta uy buziladi

Madaniy meros agentligi OAVda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

'“Imom Moturidiy” ziyoratgohini kengaytirish maqsadida 217 ta uy buziladi'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalarida “Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uchun tortib olinadi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Mazkur ma’lumotlar yuzasidan Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borgan.

Ma’lum qilinishicha, prezident farmonga ko‘ra, Samarqand shahrining “Chokardiza” qabristonida joylashgan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklash, hududlarni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini tashkil etish rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan majmuaning atrofini kengaytirish maqsadida 217 ta fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar-joy binolari buzilishi qayd etilgan. 

Shuningdek, Prezidentning 2021 yil 19 iyundagi qarorining 4 bandida moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida obyektlarni qurish, buzish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishish belgilangan. Bunda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar bo‘yicha loyihalar Agentlik tomonidan YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi orqali YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

 Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining yig‘ilishida ushbu masala atroflicha ko‘rib chiqilgan va yakuniy xulosa berilgan. Kengash xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 9 fevral kuni qabul qilingan 6165 sonli farmoyishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 781 sonli qarori asosida, uy-joylari buzilayotgan aholi vakillarining turar-joylari bozor qiymatida hisoblanadi va belgilangan tartibda kompensatsiya pullari to‘lab berilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31