Jizzax viloyatida M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani "Xonimqo‘rg‘on" MFY hududidan o‘tuvchi 1027-kilometrida yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.
Viloyat FVB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 6 iyun kuni soat 06:39 da qayd etilgan. Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk avtomashinasida yong‘in chiqqanligi haqida xizmatlarga xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:10 da yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 07:48 da to‘liq o‘chirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.






