Vashington Eron milliy terma jamoasi futbolchilariga Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSh vizalari berilganini tasdiqladi. Bu qaror musobaqaning Los-Anjelesdagi ilk o‘yiniga 10 kun qolganida qabul qilingan. Bu haqda BBC ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron terma jamoasi turnir davomida Meksikanning Tixuana shahrida istiqomat qiladi. Biroq jamoa guruh bosqichidagi uchta o‘yinini AQShda o‘tkazadi.
Shu bilan birga, Amerika stadionlarida bo‘lib o‘tadigan har bir o‘yinga Iran Air aviakompaniyasining reyslari orqali borib-keladi.
Eron ommaviy axborot vositalari jamoa bilan birga safar qilayotgan ayrim murabbiylar va texnik xodimlarga hali ham viza berilmaganini xabar qilmoqda. Bu esa terma jamoaning tayyorgarlik jarayoniga ta’sir qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Hozircha vaziyat yuzasidan AQSh tomonidan qo‘shimcha izoh berilmagan.





