AsosiyJamiyat

Sirdaryolik yigit Telegramda virus tarqatib, 2 mlrddan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi

Telegram orqali tarqatilgan virus ilovalar yordamida odamlarni chuv tushirgan yigit qo'lga olindi.

'Sirdaryolik yigit Telegramda virus tarqatib, 2 mlrddan ortiq mablag‘ o‘g‘irladi'ning rasmi

Telegram orqali tarqatilgan virusli ilovalar yordamida yuzlab fuqarolarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Karmana tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ining bank kartasidan 22 mln so‘m mablag‘ noma’lum tarzda yechib olinganligi yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tadbirlari doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida jinoyat ortida turgan shaxs aniqlandi.

Aniqlanishicha, 2004-yilda tug‘ilgan, Sirdaryoda yashovchi fuqaro Paynet orqali daromad topish haqida yolg‘on va’dalar berib, turli hududlardan 9 nafar shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. U ushbu shaxslarning akkauntlaridan foydalanib, APK virusli ilova orqali fuqarolarning telefonlariga zararli dastur yuborgan va bank kartalaridagi mablag‘larni yechib olgan.

Tezkor tadbirlar davomida Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan gumonlanuvchi qo‘lga olinib, u tomonidan sodir etilgan 121 ta kiberjinoyat fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, u Telegram orqali tarqatilgan virusli ilovalar yordamida jami 201 nafar fuqarodan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgan.

Qayd etilishicha, jinoyatchi har bir transaktsiyadan 5–7 foiz miqdorida ulush olib, qo‘lga kiritilgan mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun harorat 30 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:09

    Bugun harorat 30 darajagacha ko‘tariladi

    “O‘zgidromet” 28 mart kungi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Navoiyda yolg'on axborot tarqatgan blogger jarimaga tortildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 13:49

    Navoiyda yolg'on axborot tarqatgan blogger jarimaga tortildi.

    Navoiy viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma'lumot tarqatgan blogger ma'muriy javobgarlikka tortildi.

    'Dollar kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 11:48

    Dollar kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 mart kuni amalda bo‘ladigan qiyamatini belgiladi.

    '“Media haftalik”: mamlakatiyimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 11:25

    “Media haftalik”: mamlakatiyimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda

    Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda.

    'Jizzahda qizlarni fohishalikka undagan shaxs qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 08:21

    Jizzahda qizlarni fohishalikka undagan shaxs qoʻlga olindi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda.

    'Serjelida narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.03.2026 04:43

    Serjelida narkolaboratoriya fosh etildi

    Toshkent shahrining Sergeli tumanida giyohvandlik vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanagan yashirin laboratoriya aniqlandi.