1

“O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni sovrindorlari taqdirlandi

Jamiyat 15.12.2016, 09:51
Teglar: O`zbekiston
“O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni sovrindorlari taqdirlandi

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati etakchilari va faollari, “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni sovrindorlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbir ishtirokchilari Mustaqillik maydonida bo`lib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta`sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Nihol” mukofoti, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va boshqa stipendiyalar iste`dodli yigit-qizlarni rag`batlantirishda muhim omil bo`lmoqda. 

Bugun O`zbekiston yoshlari “Ertangi kun bizniki, marra bizniki! Vatanimizning ertangi taraqqiyoti bizning qo`limizda!” degan ezgu g`oya va e`tiqod bilan yashamoqda. 

Birinchi Prezidentimizning 2003 yil 4 avgustdagi farmoniga asosan “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni bilan xalqimizning iftixoriga aylangan, yuksak vatanparvarlik, fidoyilik tuyg`usi, mehnatsevarlik fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro`si, shon-shuhratini yuksaltirishga, uning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, tengdoshlariga namuna bo`layotgan yoshlar taqdirlab kelinmoqda. 

Ushbu ko`krak nishoniga nomzodlar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining quyi tashkilotlari va jamoatchilik tomonidan taqdim etilib, sovrindorlarga mukofot Harakat markaziy kengashining qarori asosida berilayotir. Zero, bugun mamlakatimizda sog`lom fikrli yoshlarni o`z atrofida birlashtirish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va manfaatlarini ta`minlashda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ham muhim o`rni bor. “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishonining Harakat tomonidan topshirilishi yoshlarni ushbu tashkilot atrofida yanada jipslashishga, ularni bir kuch bo`lib, o`z bilim va iste`dodi, fidoyiligi bilan Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo`shishga rag`batlantirmoqda. 

Marosimda ilm-fan, madaniyat, san`at, ta`lim, sog`liqni saqlash, jurnalistika, sport, qishloq xo`jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o`qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug`ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan 50 nafar yigit-qizga “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni tantanali topshirildi. 

Taqdirlanganlar orasida Toshkent davlat agrar universiteti magistranti Ma`mura Xalilova ham bor. 

Ma`mura 2015 yil Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi, “Kamolot” stipendiyasi sohibi, “Yurt kelajagi”, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovlari g`olibi bo`lgan. 
Tadbir yosh ijrochilar va san`at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1