1

Shamollasam, issig`im chiqaveradi, qanday chora ko`ray?

Salomatlik 15.12.2016, 10:03
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Shamollasam, issig`im chiqaveradi, qanday chora ko`ray?

Ulug`bek ERGAShEV, tibbiyot fanlari nomzodi:

Tana haroratining ko`tarilishi, aslida, yaxshi belgi. Negaki, bu organizmning himoya tizimi to`la quvvat bilan ishlayotganidan dalolatdir. Shu bois 38 darajagacha bo`lgan tana haroratini tushirishga harakat qilish kerak emas.

Organizmga yordam berish uchun iloji boricha o`rinda yoting,  ko`proq suyuqlik iste`mol qiling. Chunki ichilgan suyuqlik organizmdan barcha zararli moddalar va mikroorganizmlarni chiqarib tashlaydi va tezroq sog`ayishga imkon yaratadi. Sharbat, choy va qatiq ichib turing. Ayniqsa, choyga limon qo`shsangiz, foydasi yanada oshadi. Chunki limon tarkibida C vitamini mo`l-ko`l bo`lib, u organizmda viruslar ko`payishining oldini oladi.

Agar tana harorati uch kundan ortiq vaqt mobaynida 37,7 darajadan yuqori saqlansa, demak, organizmning o`zi kasallik bilan kurasha olmayotgan bo`ladi. Bunday hollarda shifokorga murojaat etganingiz ma`qul.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1