AsosiyJamiyat

Yangi O‘zbekiston shohko‘chasining bir qismi yopildi

Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston shohko‘chasining bir qismi 4 oyga avtomobillar harakati uchun yopiladi.

'Yangi O‘zbekiston shohko‘chasining bir qismi yopildi'ning rasmi

Toshkent shahri Yangi O‘zbekiston shohko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi boshlanishi munosabati bilan ko‘chaning bir qismida transportlar harakati cheklanadi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 13-apreldan 1-sentyabrgacha CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha bo‘lgan qism yopiladi.

“Poytaxt hokimligi ushbu noqulaylik uchun uzr so‘radi”, — deyiladi xabarda.

Avval qaysi hududlar vaqtincha yopilgandi?

Toshkentda sport musobaqalari o‘tkazilishi sabab Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 ga qadar yopilishi aytilgan.

Bundan tashqari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati 30-aprelgacha qisman cheklangan.

Shuningdek, Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha bo‘lgan qismi sentyabr oyigacha transport vositalari uchun yopilgan.

    Boshqa yangiliklar