2016 yil 12 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4864-son farmoniga muvofiq Elmira Irkinovna Basitxanova boshqa ishga o`tishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasining raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda hukumat portali xabar bermoqda.
Elmira Bositxonova Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan Laziz To`ychievning vazir o`rinbosari lavozimidagi o`rnini egallagan.





