AsosiyDunyo

AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Har ikki havo kemasi texnik tekshiruv o‘tkazish uchun zaxira samolyotlar bilan almashtirilgan.

'AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi'ning rasmi

AQSHda bortida Kongressning kamida uch nafar a’zosi bo‘lgan American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi aeroportda ushbu kompaniyaning boshqa bir samolyoti bilan to‘qnashdi. Bu haqda kecha, 10 aprel kuni AQSH Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

“Ronald Reygan nomidagi Vashington Milliy aeroportida kamida uch nafar Kongress a’zosi bo‘lgan samolyotga American Airlines’ning boshqa bir samolyoti qanotini urib, o‘tib ketdi”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, to‘qnashgan samolyotlar Bombardier CRJ 900 va Embraer E175 bo‘lgan. Har ikki havo kemasi texnik tekshiruv o‘tkazish uchun zaxira samolyotlar bilan almashtirilgan. Sodir bo‘lgan hodisa aeroport ishiga ta’sir ko‘rsatmagan.

    Boshqa yangiliklar