AsosiyDunyo

JST Trampning qarori jahon iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ochiqladi

Tashkilot avval xalqaro tovar savdosida 2,7 foiz o‘sish bo‘lishini kutgan edi, ammo hozirgi prognozga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 0,2 foizga pasaygan.

'JST Trampning qarori jahon iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ochiqladi'ning rasmi

Jahon savdo tashkiloti (JST) AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan tariflar bu yili xalqaro savdoning qisqarishiga va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishini e’lon qildi. 

JST avval xalqaro tovar savdosida 2,7 foiz o‘sish bo‘lishini kutgan edi, ammo hozirgi prognozga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 0,2 foizga pasayadi. Tashkilot bosh direktori Ngozi Okondjo-Iveala AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarining uzilishidan chuqur xavotir bildirmoqda.

Qayd etilishicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo 81-91 foizga tushib ketishi mumkin. Bu esa ikki yirik iqtisodiyotning ajralishiga sabab bo‘lib, jiddiy global oqibatlarga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar