AsosiyJamiyat

“Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak" - prezident

Davlat rahbari tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan yana bir masalaga to‘xtaldi.

'“Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak"  - prezident'ning rasmi

Prezidentimiz tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan yana bir masalaga to‘xtaldi.

Joylarda yer solig‘i va ijara to‘lovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga ta’sirini o‘rganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini ta’kidladi. 

“Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum ko‘payadi, tadbirkorlar ham rozi bo‘ladi”,
 - dedi Prezident. 

Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar