AsosiyJamiyat

Xonanda Rayhon jarimaga tortildi

U mualliflik huquqini buzib, shoirning ruxsatisiz uning she’ridan foydalangan.

'Xonanda Rayhon jarimaga tortildi'ning rasmi

Qayd etilishicha, muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida “Abdussamiy“ taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Yaxshimasmi“ hamda “Ertaga boramizmi“ nomli she’rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko‘rilishini so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkorlar Rayhon Ganiyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi“ hamda “Sahar“ guruhi solisti Anvar Jo‘rayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi“ nomli qo‘shiqlarining she’rlari, bastakor Shaxboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar