Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga bojsiz olib kiriladigan ayrim tovarlarning cheklangan quyidagi miqdoriy normalari tasdiqlandi.
Alkogol mahsuloti, shu jumladan, pivo – 2 litr;
Sigaret – 200 dona;
Sigara – 5 dona;
Tamaki – 100 gr;
Atir va ifor tarqatuvchi suvlar – 3 dona (300 ml.dan oshmagan miqdorda);
Biologik faol qo‘shimchalar:
suyuq holatida va sirop shaklida –10 dona flakonda;
kukun holatida – 0,5 kg;
tabletka –100 dona;
kapsula –100 dona yoki 4 dona PET idishlarda;
quritilgan holatda (o‘simlik guli, tana qismi va ildizi) – 0,5 kg.
Alkogol va tamaki mahsulotlari bojsiz olib kirish normalaridan ortiq notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotganda tovarlarga yagona bojxona to‘lovi ikki barobar miqdorda belgilanadi. Mazkur norma 2025 yil 1 maydan kuchga kiradi.