1

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbari Bosh vazirning birinchi o`rinbosari etib tayinlandi

Jamiyat 15.12.2016, 11:59
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbari Bosh vazirning birinchi o`rinbosari etib tayinlandi

Kuni kecha tayinlangan yangi O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nig`matovich Aripovga birinchi o`rinbosar tayinlandi.

Rasmiy manbaning Darakchi.uz nashriga ma`lum qilishicha, Bosh vazirning birinchi o`rinbosari etib “O`zbekiston temir yo`llari” AJ raisi Ramatov Achilbay Jumaniyazovich tayinlandi. Shuningdek, u o`zining kompaniya raisi lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich 1962 yil Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug`ilgan. Millati - o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1988 yilda Toshkent temir yo`l muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo`yicha tamomladi.
Ish faoliyatini 1980 yil Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimida boshladi. 1988 yil Toshkent temir yo`l muhandislari institutini tamomlagandan so`ng Toshkent teplovozlarni ta`mirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshlig`i o`rinbosari va vagon ta`mirlash sexi boshlig`i bo`lib ishladi.

1995 yil mart oyida “O`ztemiryo`lmashta`mir” UK bosh direktori etib tayinlandi.

2001 yil may oyida “O`zbekiston temir yo`llari”ning bosh menejeri-bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

2002 yildan buyon “O`zbekiston temir yo`llari”ning boshqaruv raisidir. 2000 yilda “O`zbekiston Respublikasi xizmat ko`rsatgan sanoat ishchisi” davlat unvoni bilan taqdirlandi. 2007 yil avgust oyida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 2011 yil avgust oyida “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi, 2013 yilda esa “O`zbekiston qahramoni” unvoni berildi. Oilali, uch nafar qizi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1