AsosiyJamiyat

Vazir Toshpo‘latov Buxoro IIBning 10 ga yaqin amaldorni ishdan oldi

Aziz Toshpo‘latovning buyrug‘i bilan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan.

'Vazir Toshpo‘latov Buxoro IIBning 10 ga yaqin amaldorni ishdan oldi'ning rasmi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovning buyrug‘i bilan Buxoro viloyati IIBning bir qancha mansabdori ishdan olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i, Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i hamda yana bir o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i, Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining ikki o‘rinbosari, viloyat IIB Kotibiyat boshlig‘i, G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, Kogon tumani IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar