1

Qozog`iston – yuksalish pillapoyalarida!

Dunyo 15.12.2016, 13:22
Teglar: Qozog`iston
Qozog`iston – yuksalish pillapoyalarida!

Joriy yilda Qozog`iston o`z mustaqilligining 25 yilligini nishonlamoqda.

Chorak asr u qadar katta fursat emas. Ayrimlar bu muddat ichida mamlakat bundan-da, kattaroq yutuqlarni qo`lga kiritishi mumkin edi, deb o`ylashar. Biroq, savolni boshqacharoq qo`ysa ham bo`ladi: bunday yutuqlarga erisholmaslik ham mumkin edi-ku? 

Ostona byudjet mablag`iga ehtiyoj sezmaydi

Misollar juda ko`p. Birgina, mamlakat rahbarining o`z xalqiga istiqlol tuhfasi sifatida o`ta qisqa vaqtda  bunyod etilgan yangi poytaxti — Ostona shahrini olaylik. Bu shahar tezlik bilan mamlakatning ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham madaniy markaziga aylana oldi.  Ostona bejiz poytaxt etib tanlanmagan. U jo`g`rofiy o`rniga ko`ra, mamlakat  markazida joylashgan, bu barcha  hududlarni ham bir nuqtada birlashtirishda qulaylik tug`diradi. Sanoqli yillar ichida shaharda ko`plab ma`muriy binolar, turar-joylar, savdo va ishlab chiqarish korxonalari ishga tushdi.  Yigirma yildan kamroq vaqt ichida shahar aholisi bir million kishiga etdi. Iqtisodiy jihatdan Ostona byudjet mablag`iga ehtiyoj sezmayapti. Siyosiy nuqtai nazardan ham poytaxt o`z obro`-e`tiboriga ega. 

Mamlakatning xalqaro nufuzi ham tobora ortib bormoqda. Qozog`iston endilikda EXHT yoki boshqa yirik tashkilotlar ishtirokidagi forum va sammitlar maydoni emas, balki tinchlikni ta`minlashga hissa qo`sha oladigan qudratli davlatga ham aylandi. Bu borada Suriya va Eron o`rtasida aynan shu erda o`tkazilgan qator muzokaralarni misol keltirish mumkin.

Qozog`iston BMTning Xavfsizlik Kengashi muvaqqat a`zosi etib saylanishi ham mamlakatning tinchlikparvar siyosatini yana bir karra tasdiqlaydi. Albatta, bu yutuqlar mamlakatning har bir fuqarosi uchun u darajada muhim emasdir. Chunki, har kim bu masalaga o`z nuqtai nazaridan yondoshishi, “men uchun o`tgan 25 yil ichida nima o`zgardi?” deya o`z-o`ziga savol berishi mumkin.

1992 yilda mamlakatda giperinflyasiya 2500 foizga borib qolgandi. 1993 yilda esa, bu ko`rsatkich 60 foizga tushdi. Albatta, bu ham katta ko`rsatkich edi. 2000 yilda mamlakatda o`tkazilgan pul-kredit siyosati sabab ushbu raqam 9,8 foizni tashkil qildi. Bugun mamlakat rahbari Nursulton Nazarboev hukumat oldiga inflyasiya darajasitni yillik 6-8 foizdan oshirmaslik vazifasini qo`ygan. Yalpi milliy mahsulot bo`yicha ham xuddi shunday manzarani ko`rishg mumkin: 1993 yilda bu ko`rsatkich -9,2 foiz bo`lgan bo`lsa, 2013 yilda 6 foizga etdi. 

Uran sanoati rivojlanmoqda

Mamlakat iqtisodiyotining qishloq xo`jaligi, neft qazib olish singari  an`anaviy tarmoqlari qatoriga hozir qayta ishlash va qurilish, axborot texnologiyalari, aloqa singari sohalar ham qo`shilgan. Albatta, ayni paytda Qozog`istondagi rivojlanish darajasini Yaponiya yoki Janubay Koreya bilan qiyoslash qiyindir. Ammo, mazkur davlatlarning ham bu darajaga etishi uchun bir necha  o`n yillar kerak bo`lgani hech kimga sir emas.

Yuqori texnologiyalar sohasidagi o`zgarishlarga nazar solaylik:  “Boyqo`ng`ir” kosmodromi tashkil etilgan dastlabki paytlarda  qozog`istonlik mutaxassislar faqat uchish maydonchalarida ishlagan bo`lishsa,  endilikda  yuksak tajriba va malakalari sababli  jahonga mashhur kosmodromning naq “yuragida” mehnat qilishadi. 

Shuningdek, mamlakatda uran sanoatini rivojlantirishga ham katta e`tibor qaratilmoqda. Qozog`iston kelgusida ushbu qimmatli metalni qazib olish va sotishni emas, uni qayta ishlashni ham o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

Bir paytlar tanqis mahsulotlar uchun uzundan-uzoq navbatda turgan odamlar hozir ham ko`pchilikning esida. Bugun o`lkaning turli hududlarida zamonaviy savdo  va ko`ngilochar markazlar ishlab turibdi. Asosiysi, ana shu savdo majmualarini to`ldirib turgan rang-barang mahsulotlarning aksariyati Qozog`istonda ishlab chiqarilgan. Bugun nondan tortib, to lokomotivlarga qadar, Made in Kazakhstan tamg`asi bilan savdoga chiqarilmoqda. Bugungi xaridor nafaqat supermarketdan o`zi istagan turdagi mahsulotni, kerak bo`lsa avtosalondan  istalgan rusumdagi  avtomobilni tanlash va xarid qilish imkoniga ega. Davroqe, bugun Qozog`istonning har uchinchi fuqarosi mamlakatda yig`ilgan avtomashinaga ega. Bunda bankdan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar muhim o`rin tutadi. 

Yadro qurolidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan mamlakat

Garchi, 25 yil ichida Qozog`iston G20 davlatlari qatoriga kirmagan bo`lsa-da, ammo ushbu yigirmatalikka kiradigan davlatlar Qozog`istoning iqtisodiy salohiyatini yuksak baholaydi va u bilan teng huquqli hamkorlik qilib kelmoqda. Ayni paytda Qozog`iston Markaziy Osiyoning eng peshqadam davlatlaridan biri bo`lib turibdi. Mamlakat rahbari Nursulton Nazarboev shaxsan zamonaviy Qozog`iston tizimini shaxsan ishlab chiqdi. U giperinflyasiya va ishsizlik girdobidagi mamlakatni yadro qurolidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan dunyodagi ilk mamlakat, BMTning Xavfsizlik kengashi a`zosi darajasiga olib chiqdi. 

Ayni paytga qadar, mamlakat rahbari tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar vaqtdan ilgarilab borayotir va ular oradan yillar o`tsa-da, hozirgidek dolzarbligini yo`qotmaydi.

Sharhlar

Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

18.03.2024, 12:51

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...
Toshkentdan Koreyaga borgan qozog`istonliklar deportasiya qilingach, aeroportda qochib ketdi (video)

01.04.2023, 11:02

Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Qozog`istonning Toshkent viloyatiga chegaradosh hududida suv toshqini kuzatilmoqda (video)

02.02.2023, 11:56

Turkiston viloyatidagi qator hududlarda kuchli suv toshqini kuzatilmoqda. Ma`lumotni Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasdiqladi.Ma`lum qilinishicha, Qozog`istonda Kentau va Turkiston shaharlari hamda 3 ta tumanda suv...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1