1

Joriy yil yozi 2023 yildagi rekord yildan ham issiqroq bo`lishi mumkin

Dunyo 10.05.2024, 11:28
Joriy yil yozi 2023 yildagi rekord yildan ham issiqroq bo`lishi mumkin

Evropa iqlim xizmati Kopernik hisobotiga ko`ra, 2024 yil apreli butun dunyo bo`ylab rekord darajadagi eng issiq oy bo`ldi va meteorologlar ketma-ket 11-oy haroratni qayd etishdi.

Kopernikning qayd etishicha, aprel oyida sayyora yuzasida o`rtacha harorat Selsiy bo`yicha 15,03 darajani tashkil qilgan - bu 2016 yil aprelida o`rnatilgan avvalgi maksimal ko`rsatkichdan 0,14 darajaga yuqori.

Oxirgi 12 oy davomida (2023 yil may – 2024 yil aprel) global o`rtacha harorat ham rekord darajadagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Bu sanoatdan oldingi 1850-1900 yillarga nisbatan 1,61 daraja yuqori edi.

Sharqiy Evropa, Shimoliy Amerikaning bir qismi, Grenlandiya, Sharqiy Osiyo, Shimoliy-G`arbiy Yaqin Sharq, Janubiy Amerikaning bir qismi va Afrikaning katta qismida o`rtacha haroratdan yuqori harorat kuzatildi.

"El-Ninyo kabi tabiiy sikllar bilan bog`liq bo`lgan harorat o`zgarishlari kelib-ketib tursa-da, issiqxona gazlari konsentrasiyasining ortishi tufayli okean va atmosferada qoplanib qolgan qo`shimcha energiya global haroratni yangi rekordlarga ko`tarishda davom etadi", dedi Kopernik direktori Karlo Buontempo.

2024 yilning yanvar, fevral va mart oylari ham jahon tarixidagi eng issiq oylar sifatida tan olingan. Olimlarning fikricha, joriy yil 2023 yildagi rekord yildan ham issiqroq bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1