1

Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanadi

Dunyo 10.05.2024, 10:20
Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanadi

O`tgan kuni Kremlda bo`lib o`tgan inaugurasiya marosimida Vladimir Putin mamlakat Konstitusiyasi bo`yicha Rossiya prezidenti sifatida qasamyod qildi, bu unga keyingi 6 yilga — 2030 yilgacha tegishli vakolatlarni beradi va unga yana qayta saylanish imkoniyatini beradi. Shunday qilib Vladimir Putin beshinchi marta Rossiya Federasiyasi prezidenti lavozimiga rasman kirishdi.

Shundan so`ng, Putin Mixail Mishustinning mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodini taqdim etdi. 

Konstitusiyaga ko`ra, Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh vazir tasdiqlanganidan keyin bir haftadan kechiktirmay Prezidentga federal ijroiya organlarining tuzilmasi bo`yicha takliflar kiritadi. Shuningdek, u Prezidentga Bosh vazir o`rinbosarlari va federal vazirlar lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1