AsosiyDunyo

Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

'Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi'ning rasmi

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.

“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi buzilishini aniqladi. 4475 nafar chet el fuqarosi, 613 nafar ish beruvchi esa chet el ishchi kuchidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikka tortildi. Chet el fuqarolari bo`lganligi to`g`risida ichki ishlar organlariga xabar bermaganligi uchun – 2624 nafar jismoniy va yuridik shaxslar javobgarlikka tortildi.

Migrasiya qonunchiligini buzgan shaxslarni mamlakatdan chetlashtirish bo`yicha 850 ta qaror qabul qilindi. 121 nafar xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborildi. Ularning Qozog`istonga kirishi besh yilga taqiqlangan. Qidiruvda bo`lgan 37 nafar xorijlik qo`lga olindi.

Ko`pincha noqonuniy mehnat muhojirlari fuqarolarning xabarlari orqali aniqlangan. Shu tariqa, Olmaotada xususiy yotoqxona egasi migrasiya xizmatiga yotoqxonada yashovchi shubhali shaxslar haqida xabar bergan. Tekshiruv davomida 30 nafar xorijlik bo`lish shartlarini buzganligi aniqlangan.

Polisiya migrasiya qonunchiligi buzilishining oldini olish va aniqlash ishlarini davom ettirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar