Bugun 22-aprel kuni Rossiya Odessa shahriga qilgan dronli hujumi ortidan uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “DW” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shaharda fuqarolik infratuzilmasi, turar joylar, o‘quv yurti binosi, transport vositalari shikastlangan. Uch kishi esa halok bo‘lgan.
Hujumdan so‘ng shaharda yong‘inlar boshlangan ularni o‘chirishga 78 o‘t o‘chiruvchi va 21 ta texnika jalb qilingan.
Odessa meri Gennadiy Truxanov Telegramda yozishicha, biz shaharning aholi zich joylashgan hududida turar - joy qurilishiga duch kelmoqdamiz-ko‘plab xonadonlar shikastlangan.