Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik oyligi doirasida qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs ushlandi.
Ichki ishlar organlari ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvda bo‘lgan fuqaro F.S. tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda qidiruvda bo‘lgan fuqaro A.A.ning Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashirinib yurgan manzili aniqlanib, u ham ushlangan.






