Moskvaning "Rossiya" milliy markazida "Men professionalman" xalqaro talabalar olimpiadasi g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Oliy mukofot - oltin medal bilan MISIS Olmaliq filiali talabasi Daniil Yermakov taqdirlandi.
Uning g'alabasi O'zbekiston xalqaro akademik hamkorligi va yoshlarni kasbiy tayyorlash milliy tizimi yuqori cho'qqilarni zabt etayotganligining yorqin ramziga aylandi. G'olibga mukofotni filial direktori Farhod Umarov topshirdi.
O'zbekiston ushbu keng miqyosdagi fan musobaqasida ishtirok etgan va g'oliblikni qo'lga kiritgan yagona xorijiy davlat bo'lganligi g'alabaga alohida tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Bu yutuq olimpiadaning xalqaro ishtirok uchun ochiqligini va Hamdo'stlik davlatlarning ta'lim tizimlarida tarbiyalanayotgan iste'dodlarning yuqori darajasini ko'rsatadi.
“D.Yermakovning g'alabasi intellektual musobaqalar yoshlarni birlashtirib, umumiy kasbiy makonni shakllantirishiga misol bo'la oladi”, - deydi filial direktori Farhod Umarov.






