O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari 2025 yil 1 maydan boshlab kuchga kirmaydi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshovning ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.
“Shu bois tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi”, deydi YHXX vakili.