AsosiyDunyo

“Amazon” bojxona to‘lovlarini ko‘rsatish fikridan voz kechdi

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu g‘oya muhokama qilingan, biroq u rasman qabul qilinmagan va hozirda amalga oshirilmaydi.

'“Amazon” bojxona to‘lovlarini ko‘rsatish fikridan voz kechdi'ning rasmi

“Amazon” kompaniyasi xorijdan yetkazilayotgan mahsulotlar uchun bojxona to‘lovlarini ochiqlash rejasidan voz kechdi. Bu haqda “Punchbowl News” manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, kompaniya ichida shunday g‘oya muhokama qilingan, biroq u rasman qabul qilinmagan va hozirda amalga oshirilmaydi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt bu ehtimoliy qadamni “Amazon tomonidan siyosiy va dushmanona harakat” deb baholagan va kompaniya asoschisi Jeff Bezosni Xitoy bilan hamkorlikda ayblagan.

“Amazon” kompaniyasi vakillari esa bu fikr amalda hech qachon qo‘llab-quvvatlanmaganini ta’kidlab, ayrim mahsulotlarga nisbatan muhokama qilinganini tasdiqladi, ammo keyinchalik bu g‘oyadan butunlay voz kechilganini bildirdi.

Joriy yilning 29 aprel kuni Tramp bu masalaga munosabat bildirib, “Bezos juda yaxshi odam, u muammoni tez hal qildi. U to‘g‘ri qaror qabul qildi. Yaxshi yigit”, — degan.

Avvalroq AQSh prezidentI bu masalada Bezosning o‘ziga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, norozilik bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.