AsosiyJinoyat

Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

DXX tomonidan xorijga noqonuniy yo‘llar orqali chiqish niyatida bo‘lgan fuqarolarni aldab, katta miqdorda pul undirishga uringan shaxslar fosh etildi.

'Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi'ning rasmi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida xorijga noqonuniy yo‘llar orqali chiqish niyatida bo‘lgan fuqarolarni aldab, katta miqdorda pul undirishga uringan shaxslar fosh etildi.

28 ming dollarlik “yo‘l haqi” va dalillar bilan qo‘lga tushgan vositachi

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan shaxs, Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni “Turkiya – Yevropa – Meksika” yo‘nalishi orqali AQShga yuborishni va’da qilib, 28 ming AQSh dollari talab qilgan. U shundan 14 ming dollarni avvaldan olayotgan vaqtda, barcha dalillar bilan qo‘lga olindi.

Oldin sudlangan, yana firibgarlik ustida ushlandi

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa ilgari bir necha bor firibgarlikda aybdor deb topilgan, Toshkentda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs navbatdagi jinoyatini amalga oshirishga uringan. U Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaroga AQShga yuborish va vizani rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming dollar talab qilgan. 10 ming dollarni uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtida jinoyatga chek qo‘yildi.

5 ming dollar va 26 million so‘m – noqonuniy yo‘lga to‘langan “umid puli”

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida qayd etilgan holatda, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs fuqaroni Turkiya – Ispaniya – Meksika yo‘nalishi orqali AQShga yuborish va vizani “mansabdor tanishlari” orqali olib berishni va’da qilgan. U fuqarodan 5 ming dollar va 26 million so‘m olayotganida ushlangan.

Ishga yuborishni va’da qilib, 52 million so‘mni undirdi

Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan yana bir holatda, 1995 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi shaxs Shirin shahrida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni AQShga yuborish, viza va hujjatlarini rasmiylashtirishni va’da qilgan. U jami 38 ming dollar talab qilib, avans sifatida 52 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov ishlari davom etmoqda

Hozirda barcha holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ogoh bo‘ling: noqonuniy yo‘l bilan chet elga chiqmoqchi bo‘lganlar – jinoyat qurboniga aylanishi mumkin

Hurmatli fuqarolar, xorijga ishga yuborishni va’da qilayotgan shubhali shaxslarga ishonib, na moliyaviy, na shaxsiy hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang. Har qanday taklifni sinchkovlik bilan tekshiring. Rasmiy kanallardan foydalaning. Firibgarlarga ishonmang – ular orzularni sotsa-da, oxirida o‘zingizni jinoyat ishi ichida topishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 09:57

    Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi

    Yil davomida shahar prokuraturasi hisobotlar haqqoniyligi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlarini aniklash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazgan.

    'Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 03:43

    Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди

    Jambil viloyatidagi harbiy qismda qorovul tomonidan uzilgan o‘q tasodifan boshliqqa tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

    'Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 17.03.2026 11:05

    Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi

    “Energosavdo” filiali muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar so‘rab, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 01:41

    Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi

    Uning uyiga qarata o‘q uzgan ayol qo‘lga olindi.

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.