Zakirov Botir Irkinovich O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Hukumat portali.
2016 yil 14 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4877-son farmoniga muvofiq Zakirov Botir Irkinovich O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari - Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi – Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.