Vashington ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qilgan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Ushbu suhbatda AQSH mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida ikki davlatni o‘zaro anglashuv va hamkorlikka chaqirgan. Rubio, xususan, Hindistonga nisbatan AQSHning ekstremizmga qarshi kurashdagi qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan. Shu bilan birga, u Pokistondan yaqinda Kashmirda yuz bergan, 26 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt bo‘yicha tergovda Hindiston bilan ochiq hamkorlik qilishini kutishini bildirgan.
Ushbu chaqiriq xalqaro hamjamiyat tomonidan mintaqadagi zo‘ravonliklarni kamaytirish va diplomatik muloqotni tiklash yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.