AsosiySalomatlik

Zanjabil yordamida ozing!

Zanjabilli choyni ovqatlanishdan yarim soat oldin iching. Shunda siz kamroq ovqatlanasiz, ishtahangiz karnay bo`lmaydi, yog`lar parchalanib, hazm jarayoni tezlashadi.

  • Zanjabilli choy ichishga qaror qildingizmi, birinchi kun 50 ml., ikkinchi kun 100 ml., uchinchi kun esa 150 ml.dan iching. Miqdorni kun sayin oshirib boring.
  • Kuniga 2 litrdan ko`p zanjabilli choy ichmang. Uxlashdan 3-4 oldin choy ichishni to`xtating.
  • Zanjabilli choy nafaqat ozdiradi, balki immunitetni oshirib, bosh og`rig`ini ham qoldiradi.
  • Homilador, emizikli ayollarga va oshqozon-ichak xastaliklari bezovta qiluvchilarga mumkin emas.
  • 3 osh qoshiq maydalangan zanjabil  ildizi va 2 osh qoshiq maydalangan yalpizni 1,5 l. qaynatilgan suvga solib, 15 daqiqa qaynating. Olovdan olgach, biroz sovuting-da, 2 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq qora murch, 4 choy qoshiq limon sharbati solib aralashtiring. Issiqroq holida ichishingiz foydali.
  • Qaynatilgan 2 l. suvga 3 bo`lak zanjabil ildizi va 2 bo`lak sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rab soling. Termosga solib qo`yib, kun davomida iching.
  • 30 gr. zanjabilni qirg`ichning mayda tomonidan o`tkazib, 250 ml. qaynatilgan suvga solib damlang.
  • 2 ta sabzi va bitta lavlagini qirg`ichdan o`tkazing, limon va apelsin qirindisi soling. Maydalangan kashnich va zanjabil qo`shib, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i soling. Bu salat ham ozish uchun foydali.

Boshqa yangiliklar