AsosiySport

“PSJ” “Arsenal”ni yana mag‘lub etdi

Jamoa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi

'“PSJ” “Arsenal”ni yana mag‘lub etdi'ning rasmi

"UEFA” Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi doirasida 2025-yilning 7-may, chorshanba kuni Parijda “PSJ” hamda “Arsenal” jamoalari o‘rtasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 27-daqiqada Fabian Ruis tomonidan ochildi — 1:0. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi taymda “PSJ” ustunlikni yanada oshirdi: 72-daqiqada Ashraf Hakimi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini finalga yanada yaqinlashtirdi — 2:0.

Ammo “Arsenal” ham bo‘sh kelmadi. 76-daqiqada Bukayo Saka hisobni qisqartirdi — 2:1. Shunga qaramay, londonliklar vaziyatni o‘zgartira olmadi va yakunda umumiy 3:1 hisobida parijliklarga mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, “PSJ” Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi. Parijliklar 30-may kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinda “Inter” bilan kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar