AsosiyJamiyat

Andijonda shahar sudi raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Sud raisiga nisbatan bir nechta moddalar bilan jinoyat ishi ochildi.

'Andijonda shahar sudi raisi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkentda Andijon viloyati Xonobod shahri sudi raisi Yu.E 170 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar qildi. 

Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi Yu.E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.

Yakunda Kengash xulosasi bilan Yu.E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.

"Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi"— deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar