AsosiySiyosat

“Tolibon” O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qildi

Afg‘oniston Samarqandda barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun Hirot oq marmari yuborgan.

'“Tolibon” O‘zbekistonga 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qildi'ning rasmi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Samarqand shahrida qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida marmar hadya qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 13 may kuni Termiz xalqaro savdo markazida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etgan.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, savdo, transport, gumanitar va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunida Afg‘oniston tomonidan Samarqand shahrida barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun yuborilgan 16 ta yuk mashinasidagi Hirot oq marmari O‘zbekiston tomonidan qabul qilib olingan.

“Bunday amaliy hamkorlik ikki birodar xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi e’tiborga sazovardir”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.05.2025 20:17

    Prezident Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

    Davlat rahbari Yevroittifoq bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 11.05.2025 21:52

    'O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada strategik sheriklik rejasini iizoladi'ning rasmi

    Siyosat 10.05.2025 19:19

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada strategik sheriklik rejasini iizoladi

    O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirlari uchrashuv chog‘ida 2026-2030 yillarda ikki davlat o‘rtasidagi harbiy sohadagi sheriklik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrida Vladimir Putin bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 10.05.2025 07:43

    Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrida Vladimir Putin bilan uchrashdi

    Uchrashuvdan so‘ng Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

    'Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 18:04

    Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi

    Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

    'Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 17:50

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi

    Uning rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.