AsosiyJamiyat

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli qizcha O‘zbekistonga olib kelindi

Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

'Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli qizcha O‘zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi N.G. ismli ayolning murojaati kelib tushgan. Murojaatda voyaga yetmagan, 2023 yilda tug‘ilgan D.R. ismli nevarasining otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli ularning 2 yoshli farzandi Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgani, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanini bildirib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha amaliy ko‘mak so‘ragan.

Shundan so‘ng, Bolalar ombudsmani, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulligi vakillari bilan hamkorlikda bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Bosh konsullik sa’y-harakatlari bilan bolaning onasi ham farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar