AsosiyJamiyat

Rossiya qamoqxonasidan tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

Ular 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

'Rossiya qamoqxonasidan tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi'ning rasmi

Rossiyaning Lipetsk shahri sudi 2024 yil oktyabr oyida koloniyadan 30 metrlik tunnel qazgan va qochishga muvaffaq bo‘lgan olti nafar mahbusga hukm o‘qidi.

Qochqinlar Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi ("Bir guruh shaxslar tomonidan hibsxonadan qochish") bo‘yicha aybdor deb topilib, 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud qarorida aytilishicha, Lipetskdagi 2-son umumiy rejimli koloniyada jazo o‘tayotgan mahkumlar ikki oy davomida quvur, belkurak va kesish diski bo‘laklaridan foydalanib, tunnel qazigan. Uzunligi 30 metrdan ortiq bo‘lgan tunnel koloniya panjarasi ostidan o‘tgan. 2024 yil 25 oktyabr kuni mahbuslar – besh nafar o‘zbekistonlik va bir nafar tojikistonlik tunnel orqali qochib ketgan.

Besh mahbus zudlik bilan hibsga olingan, oltinchisi 6 noyabr kuni Tambov viloyatida topilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

    "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.