AsosiyJamiyat

Sergelida yana yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagani bildirilgan.

'Sergelida yana yong‘in yuz berdi'ning rasmi

Kecha, 18-may kuni poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea soat 16:58 da tumandagi Xonabodtepa ko‘chasining 35-uy orqasida yuz bergan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in 18:49 da o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, yong‘in oqibatida ochiq maydonda, quruq o‘t va qamish yongan. Xonadonlarga zarar yetmagan. Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida omborxona yonib ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar