AsosiyDunyo

YI Rossiya nefti uchun narx chegarasini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

Bu masala 20–22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 moliya vazirlari uchrashuvida muhokama qilinadi.

'YI Rossiya nefti uchun narx chegarasini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan sotib olinadigan neft uchun narxning yuqori chegarasini 60 dollardan 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bu masala 20–22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 moliya vazirlari uchrashuvida muhokama qilinadi.

Yevrokomissar Valdis Dombrovskisning aytishicha, taklif Ukraina urushi sabab Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi doirasida ko‘tarilgan. Garchi u aniq raqamni aytmagan bo‘lsa-da, Reuters manbalari narx 50 dollargacha tushirilishi mumkinligini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb davlatlari avvalroq Rossiya neftiga 60 dollarlik narx chegarasini joriy qilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isorilga tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:29

    Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isorilga tahdid qildi

    Agar Isroil G‘azoga harbiy hujumni qayta boshlashni to‘xtatmasa, mazkur uchta davlat unga qarshi choralar ko‘radi.

    'Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:24

    Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi

    Qo‘shma Shtatlar rahbari Rossiya yetakchisi bilan ikki soat telefonda gaplashdi.

    'Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:14

    Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?

    Pavel Durov fransuz maxsus xizmatlarini Yevropa siyosatiga aralashishga uringanlikda aybladi.

    'Putin 2025 yil oxirigacha Ukrainaning to‘rtta viloyatini to‘liq egallab olmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 19.05.2025 18:34

    Putin 2025 yil oxirigacha Ukrainaning to‘rtta viloyatini to‘liq egallab olmoqchi

    Putin o‘z armiyasi yil oxirigacha Ukraina himoya chizig‘ini buzib o‘tib, Rossiya bosib olishga urinayotgan viloyatlarni to‘liq nazoratga olishga ishonmoqda.

    'Isroil G‘azoga hujumlarni kuchaytirdi: bir sutkada 30 falastinlik halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 19.05.2025 17:47

    Isroil G‘azoga hujumlarni kuchaytirdi: bir sutkada 30 falastinlik halok bo‘ldi

    Qurbonlar orasida bolalar va ayollar bor, zarbalar lagerlar, bozorlar va turar-joy mavzelariga berilmoqda.

    'SSSR xotirasi bilan kurashayotgan yevropaliklar jazoga tortildi'ning rasmi

    Dunyo 19.05.2025 17:07

    SSSR xotirasi bilan kurashayotgan yevropaliklar jazoga tortildi

    Rossiya tergov qo‘mitasida Yevropaning 15 ta davlati hududida joylashgan sovet jangchilarining harbiy qabristonlari, yodgorliklari tahqirlash, yo‘q qilish va ularga zarar yetkazish bilan bog‘liq 21 ta jinoyat ishi mavjud.