AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichi pasaymoqda

2025 yilning yanvar-aprel oylarida qancha tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgani ma’lum qilindi.

'O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichi pasaymoqda'ning rasmi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 266 478 ta tirik tug‘ilish qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 mingga kam degani. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan statistikada keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Tug‘ilishlarning shahar va qishloq joylar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • shahar joylarda – 136 060 nafar;
  • qishloq joylarda – 130 418 nafar.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.

Jami tirik tug‘ilganlarning qayd etilgan hududi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

  • shahar joylarda − 139,3 ming nafar;
  • qishloq joylarda − 135,2 ming nafar.

    Boshqa yangiliklar